“Yuventus”da kutilmagan iste’fo
Sport
−
17 may 2019 7227 1 daqiqa
“Yuventus” klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri mavsum oxirida klubni tark etadi. Bu haqida Turin klubi rasmiy saytida e’lon qilindi.
Murabbiyning iste’fosiga katta ehtimol bilan jamoaning YeCHLdagi muvoffaqiyatsizligi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bu borada ertaga, 18 may kuni klub prezidenti Andrea Anelli va Allegri ishtirokida mutaxassisning iste’fosiga atalgan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, “Yuventus” Massimiliano Allegri qo‘l ostida 5 marta A Seriya, 4 marta Italiya Kubogi va 2 marta mamlakat Superkubogida zafar quchdi. Allegri Turin klubida 269ta bahs o‘tkazib, 191ta g‘alabaga erishgan.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr