“Yuve” Vlaxovich uchun necha million sarflaydi?

Sport

image

Bugun, 26 yanvar kuni “Yuventus” va “Fiorentina” hujumchisi Dushan Vlaxovich o‘rtasidagi shaxsiy shartnoma tafsilotlari ma’lum bo‘ldi. Bu haqda itlaiyalik jurnalist-insayder Fabritsio Romano xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Turin klubi serbiyalik futbolchiga yetti million yevro miqdorida yillik maosh taklif qilgan. Dushanning agenti va klub o‘rtasida yakuniy muzokaralar davom etmoqda.

Avvalroq, “Keksa Sinora” va “binafsharanglar” transfer summasi borasida kelishib olgani malum bo‘lgan edi. Florensiya klubi rasmiylari 21 yoshli hujumchini 75 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.

Ma’lumot uchun, Vlaxovich joriy mavsum “Fiorentina” safida barcha turnirlar doirasida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Yuventus Fiorentina Vlaxovich

Baholaganlar

17

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing