“Yutuqlarimiz yaqqol ko‘rinib turibdi”. Erdo‘g‘an O‘zbekiston va Turkiya mudofaa sohasida hamkorlik qilishini aytdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston va Turkiya mudofaa sanoatida hamkorlik qilishga kelishib oldi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an muzokaralardan keyin o‘tkazilgan Matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Erdo‘g‘an ikki davlat o‘rtasida turizm sohasi rivojlanayotganini, 2021 yilda 270 ming o‘zbek Turkiyada mehmon bo‘lganini ta’kidlagan holda mudofaa sanoatida ham katta salohiyat jamlanganiga to‘xtaldi.

“Katta salohiyatga ega bo‘lgan yana bir soha, shubhasiz, mudofaa sanoatidir. Aslini olganda, bugun mudofaa sanoatidagi bitimlarni imzoladik va bu imzolar bilan birgalikda mudofaa sanoatidagi imkoniyatlarimizni sizlar bilan baham ko‘rishga tayyormiz. Turkiyaning bu sohadagi yutuqlari yaqqol ko‘rinib turibdi”, degan Prezident  Erdo‘g‘an.

U shuningdek, transportdan energetikagacha, sog‘liqni saqlashdan ta’lim va madaniyatgacha bo‘lgan keng ko‘lamdagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib olinganini ta’kidlagan.

“Xususan, men va birodarim Turk-O‘zbekiston universitetining tashkil etilishiga katta ahamiyat beramiz. Aslini olganda, biz tegishli mutasaddilarga topshiriqlarni berdik. Ertaga ular universitet binosini ko‘rishadi va biz tezda harakat qilamiz”, degan Erdo‘g‘an matbuot anjumanida.

Avvalroq O‘zbekiston va Turkiya qator sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish uchun 9 ta hujjat imzolagani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Turkiya Shavkat Mirziyoev Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

178

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing