Yutuberlar holiga voy: YouTube O‘zbekistonga pul to‘lashni to‘xtatdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda so‘nggi yillarda blogerlik faoliyati rivojlanib boryapti. Shu qatorda video blogerlik (vloger) ham hamin qadar rivojlanyapti. Shu orqali daromad qilayotganlar ham oz emas. Ularning ba’zilari birgina YouTube orqali oyiga bir necha ming dollargacha foyda ko‘radi.

Ammo joriy yil aprel oyi boshlaridan YouTube videoxostingida o‘z sahifasiga ega blogerlar daromadi keskin kamayib ketdi. Buning asosiy sababi YouTube o‘zbek auditoriyasi uchun kanal mualliflarini moddiy rag‘batlantirishni to‘xtatdi.

YouTube bu cheklov bo‘yicha hech qanday rasmiy bayonot bermadi. Ammo bizda bir qancha taxminlar mavjud. Bulardan eng haqiqatga yaqini sifatida YouTube’ning O‘zbekistonda rasman faoliyat yuritmasligini keltirish mumkin. O‘zi bu nima degani?

YouTube rasman faoliyat yurituvchi davlatlarda unda sahifasini yurituvchi blogerlar qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Jumladan, YouTube Premium, homiyik modullari va YouTube.Music platformasidan foydalanish mumkin bo‘ladi. Ammo O‘zbekistonda videoxostingning ushbu qo‘shimcha xizmatlari avval ham, hozir ham ishlamagan. Endilikda bo‘lsa, reklamadan daromad olish ham ishlamayapti.

YouTube cheklovining O‘zbekiston hukumati bilan aloqadorligini aniqlash uchun O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Matbuot kotibi Sherzod Ahmatov bilan bog‘landik.

U vaziyat yuzasidan ma’lumotga ega emasligini, shu sababdan bu bo‘yicha aniq izoh berolmasligini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, YouTube 2016 yilda O‘zbekistonni 6 oy muddatga bloklagandi. Ammo u vaqtlarda O‘zbekistonda YouTube blogerlik u qadar ommalashmagani sababli bu holat ko‘p ham ta’sir ko‘rsatmagan.


Maqola muallifi

Teglar

reklama YouTube

Baholaganlar

2379

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing