Yusuf Qobuljonov O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsuli etib tayinlandi
Olam
−
30 iyul 2024 4564 1 daqiqa
O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsuli etib tayinlangan Yusuf Qobuljonov kecha, 29 iyul kuni Primorsk o‘lkasidagi Inson huquqlari bo‘yicha vakil – Ombudsman Yuriy Melnikov va Rossiya Ichki ishlar vazirligining mintaqa bo‘yicha rahbariyati bilan uchrashdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Uchrashuvda mehnat migratsiyasi sohasida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, shuningdek, Primorsk o‘lkasida vaqtincha bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash masalalari, O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyada bo‘lishi hamda u yerda huquqlarining buzilish holatlari yuzasidan fikr almashilgan.
O‘zbekiston fuqarolari huquqlari buzilishining oldini olish maqsadida viloyat Ichki ishlar vazirligining barcha tergov bo‘linmalarida tushuntirish va profilaktika ishlarini olib borish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Voronej viloyati politsiyasi Voronej shahridagi bir nechta qurilish ob’ektlarida migratsiya qonunchiligiga rioya etilishini tekshirish maqsadida reyd o‘tkazgani xabar qilingandi. Reyd davomida O‘zbekistondan borgan mehnat migrantlari qo‘lga olingandi. Keyinchalik, ushlangan o‘zbekistonlik migrantlar haqida qo‘shimcha ma’lumot berilgandi.
Live
Barchasi