Vladivostokda og‘ir ahvolda qolgan ayol farzandi bilan O‘zbekistonga qaytarildi

Jamiyat

image

Rossiyaning Vladivostok shahrida og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarosi va uning voyaga yetmagan farzandi mamlakatga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilgan fuqaro vaqtinchalik yashash joyi hamda tirikchilik uchun mablag‘i qolmagani sababli O‘zbekistonga qaytishda yordam so‘ragan. Shundan so‘ng, Bosh konsulxona Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda zarur tashkiliy va diplomatik choralarni ko‘rgan.

Fuqaroning ijtimoiy ahvoli inobatga olinib, Migratsiya agentligi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Vladivostok–Toshkent” yo‘nalishiga aviachiptalar xarid qilingan.

Zarur hujjatlar rasmiylashtirilib, kuzatuv ishlari yakunlangach, fuqaro va uning voyaga yetmagan farzandining Vladivostokdan jo‘nab ketishi tashkil etilgan hamda ular sog‘-salomat O‘zbekistonga qaytarilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Rossiyada og‘ir ahvolga tushgan o‘zbekistonlik ayol uch nafar farzandi bilan ortga qaytarilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing