Yuridik universiteti rektori endi vazir o‘rinbosari emas – Prezident farmoni

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani haqida xabar bergan edik. Unga ko‘ra, Adliya vazirligining markaziy apparatida tuzilmasida quyidagicha o‘zgartirishlar kiritilishi ko‘zda tutilgan:

a) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi direktori lavozimini saqlagan holda adliya vaziri o‘rinbosari – Intellektual mulk agentligi direktori lavozimi tugatilsin;

b) Toshkent davlat yuridik universiteti rektori lavozimini saqlagan holda adliya vaziri o‘rinbosari – Toshkent davlat yuridik universiteti rektori lavozimi tugatilsin;

v) O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosarlari lavozimlari kiritilsin;

g) boshqaruv xodimlarining cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida:

– Fuqarolik-huquqiy munosabatlarni rivojlantirish boshqarmasi;

– Ma’muriy tartib-taomillarni takomillashtirish va monitoringini yuritish boshqarmasi tashkil etilsin.

 

Maqola muallifi

Teglar

Adliya vazirligi Toshkent davlat yuridik universiteti Farmon

Baholaganlar

437

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing