Yuridik institutga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi
3-sahifa
−
16 avgust
3283Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida Qirg‘izistondagi Yuridik institutga davlat granti asosida o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan shaxs fuqaro S.X.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida qo‘shni Qirg‘iz Respublikasi O‘sh shahridagi Yuridik institutga davlat granti asosida o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlangandi.
LiveBarchasi