OKMKning yirik quvuri yorilib ketdi (video)
3-sahifa
−
18:17 2445 1 daqiqa
Bugun, 5 avgust kuni Toshkent viloyatidagi “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ Mis boyitish fabrikasining chiqindi saqlash omboriga ketadigan magistral pulpa quvurida yorilish yuz berdi. Bu haqda kombinat matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa soat 11:55 da sodir bo‘lgan. Shundan so‘ng, kombinat mutaxassislari tomonidan zudlik bilan ta’mirlash ishlari olib borilib, quvurdagi nosozlik bartaraf etilgan.
Bildirilishicha, ayni vaqtda hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlari yakunlangan, hududdagi yo‘llar ham tozalangan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarga ko‘ra, quvur yorilishi oqibatida bir qancha mashinalar harakatlana olmay qolgan, yana bir mashina esa quvurdan zarb bilan otilib chiqayotgan suv ostida qolib ketgan.
Ma’lumot uchun, pulpa quvuri – bu tog‘-kon sanoatida, qurilishda yoki sellyuloza-qog‘oz sanoatida pulpa (qattiq zarrachalarning suyuqlikdagi aralashmasi yoki konsentratsiyalangan tolali massa)ni bir joydan boshqa joyga xavfsiz tashish uchun mo‘ljallangan maxsus quvurlar tizimidir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yakkasaroy tumanidagi “Beter best” MCHJ qurilish ob’ektida kanalizatsiya quvuriga shikast yetishi oqibatida yer o‘pirilishi holati kuzatilgan edi.
Live
Barchasi