Olmaliqdagi bozorda dahshatli yong‘in chiqdi (video)
3-sahifa
−
09:27 1103 1 daqiqa
Bugun, 30 avgust kuni tongda Toshkent viloyatining Olmaliq shahridagi dehqon bozoriga o‘t ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa soat 05:18 da Toshkent viloyati Olmaliq shahar “Hamza” MFY hududida joylashgan “Oydin dehqon bozori”da sodir bo‘lgan. Qayd etilishicha, yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida o‘sha vaqtda Toshkent viloyati FVBBga xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga yetib borib, yong‘in qurshab olingan va soat 07:12 da o‘chirilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.
Bildirilishicha, hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati, Andijon shahrida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘lgandi.
Live
Barchasi