Toshkentda kanalizatsiya suvi kanalga oqizilgani aniqlandi
Jamiyat
−
06 iyul 4934 1 daqiqa
Avvalroq, Yakkasaroy tumanidagi “Beter best” MCHJ qurilish ob’ektida kanalizatsiya quvuriga shikast yetishi oqibatida yer o‘pirilishi holati kuzatilgani haqida xabar berilgan edi. Ushbu quvurdan chiqqan oqova suv Salar kanaliga oqizilgani aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi boshlig‘i Akmal Rasulov boshchiligida tezkor ishchi guruh tuzilib, voqea joyiga chiqilgan. O‘tkazilgan o‘rganishlar davomida oqova suvlarni Salar kanaliga to‘g‘ridan to‘g‘ri tashlash holati aniqlangan.
Ishchi guruh tarkibiga boshqarmaning Atrof-muhit monitoringi, iqlim o‘zgarishiga moslashish va gidrometeorologiya yo‘nalishidagi tahliliy laboratoriya mutaxassislari hamda Yakkasaroy tumani ekologiya nazorati inspeksiyasi davlat inspektorlari jalb etilgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan boshqarma tahliliy laboratoriyasi mutaxassislari kanal suvidan namunalar olib, laboratoriya tahliliga yuborgan. Tahlil natijalari hamda o‘rganish yakunlariga ko‘ra, atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya etilmagani yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘riladi.
Bildirilishicha, qo‘shimcha ma’lumotlar o‘rganish ishlari yakuniga ko‘ra taqdim etiladi.
Live
BarchasiTurkiyada F-16 halokatga uchradi
12 avgust