“Yurgandik 27 yil hech narsa gapirmay”. Ikromov kambag‘allik masalasiga to‘xtaldi

Intervyu

Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov jurnalistlar bilan uchrashuvda kambag‘allik tushunchasi uzoq vaqt tan olinmagani va endi bu haqda tizimli ishlar olib borilishi haqida gapirdi.   

Qamariddin Shayxov, QALAMPIR.UZ bosh muharriri:

“Koronavirus pandemiyasi vaqtida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi qoshida “Saxovat va ko‘mak” fondi tuzildi. Boshimizga ish tushganda har safar bitta fond ochaveramizmi? Buning tizimi nega yo‘q?”

Adham Ikromov, Savdo-sanoat palatasi raisi: 

“Bu fondlarning barchasi aholining nochor, ehtiyojmand qatlamiga yordam berish maqsadida tashkil qilingan. Biz mustaqil bo‘lganimizga 30 yil bo‘ldi. Biz bu davrda hech qachon “kambag‘al, nochor” so‘zlarini ishlatganmiz. 2017 yilda davlatimiz rahbari Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari Kristen Lagard bilan uchrashgan edi. Shunda hayron qolganman. Prezidentimiz mamlakat aholisining katta qismi kambag‘allikdan qiynalishini aytgan. 

O‘tgan ishlar ham bosqichma-bosqich bo‘lib kelayotgan tizimdir. Biz bu masalada 1-2 marotaba ishlatib foydalanganmiz. Lekin “kambag‘al” so‘zlarini ishlatmaganmiz. Kichik hisobda degandek aytgan bo‘lishimiz mumkin, lekin 5 million aholi, deb hech qachon aytmaganmiz. Afsuski, 1995-96 yillarda bunchalik mehnat migrantlari yo‘q edi. Bu raqamni siz qachon bildingiz? Biz bilsak ham, aytolmaganmiz. Xujjatlarda esa umuman yo‘q edi. 

Yevropa kabi davlatlarda esa bunday fondlar, markazlar minglab mavjud. “Sabr” degan markazlar bizda ham bor. Lekin tizimli ishlash bo‘yicha yanvarda Prezidentimiz aytganda, hammamiz lol qoldik. Yurgandik 27 yil hech narsa gapirmay, yana 30 yil yuraveramiz deb yursak bo‘lardi. Yo‘q, aksincha, bu masalani ko‘tardik. Qachon tizimli ishlaydi, deb to‘g‘ri savol berdingiz. Xudo xohlasa bu tizimli ishlab ketsa, mana tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash fondi bo‘ladi".


Maqola muallifi

Teglar

Adham Ikromov

Baholaganlar

319

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing