Yunusobodning Sayilgoh hududidagi binolar “dizayn-kod” asosida ta’mirlanadi
Jamiyat
−
30 iyul 1849 1 daqiqa
Toshkent shahar Yunusobod tumani Sayilgoh hududidagi barcha bino va inshootlarni “dizayn-kod” asosida ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Toshkent shahrini 2026–2027 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 279-sonli qarorida belgilandi.
Unga ko‘ra, poytaxtning Yunusobod tumani Sayilgoh hududidagi barcha bino va inshootlar “dizayn-kod” asosida qayta ta’mirlanadi.
Mazkur ishga mas’ul qilib Toshkent shahar hokimligi hamda adaniy me’ros agentligi tayinlangan. Shuningdek, bunda madaniy me’ros ob’ektlari va ularning qo‘riqlanadigan tegralarida ob’ektlarni qurish, buzish va obodonlashtirish ishlarining loyihalari Madaniy me’ros agentligi bilan kelishilishi qayd etilgan.
Qarorga ko‘ra, mazkur ta’mirlash ishlari 2027 yil yakuniga qadar bitirilishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur qarorga muvofiq, Toshkentdagi deyarli barcha bozorlar, jumladan “Farhod”, “O‘rikzor”, “Qo‘yliq” va “Ippodrom” hamda shular qatori yana 31 ta bozor va savdo kompleksi hamda ularning shoxobchalari sotuvga qo‘yilishi xabar qilingandi.
Live
Barchasi