Yunusoboddagi YTHda 30 yashar yigit qurbon bo‘ldi

3-sahifa

image

Kecha, 28 sentyabr kuni Toshkent shahar Yunusobod tumanida ro‘y bergan navbatdagi yo‘l-transport hodisasi ham qurbonsiz bo‘lmadi. Unda jarohatlangan 30 yashar yigit vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda. 

YTH taxminan soat 22:30 da Bog‘ishamol ko‘chasida (“Metro” kafesining ro‘parasida) sodir bo‘lgan.  Toshkent viloyatlik 29 yoshli Dmitriy B. Spark rusumli avtomobilni (davlat raqami 01 969 AGA) boshqarish davomida hozirgi taxminlarga ko‘ra, qarama-qarshi harakat yo‘liga chiqib, 22 yoshli T. A. boshqaruvidagi Hyundai Tucson (davlat raqami 10 009 XAA) avtomobiliga to‘qnashgan.    

To‘qnashuv natijasida Spark avtomobili haydovchisi, uning yo‘lovchilari bo‘lmish 30 yoshli Sergey B., 30 yoshli erkak (ismli aniqlanmoqda) va 35 yoshli Marat B, Hyundai Tucson haydovchisi va uning yo‘lovchisi 26 yoshli Yunus T. jarohat olib, shifoxonaga olib ketilgan.  

Shifoxonaga borish davomida Sergey B. hayotdan ko‘z yumgan. 

Yo‘l-transport hodisasining tergov oldi tekshiruv davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH IIBB

Baholaganlar

87

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing