Yunusoboddagi avariyada bir kishi yo‘qolgan – OAV
Jamiyat
−
18 dekabr 2019
10822Bugun, 18 dekabr kuni Toshkent metropolitenining Yunusobod liniyasida qurilish ishlari olib borilayotgan ochiq uchastkada avariya yuz bergani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot kotibi Furqat Sanayev avariyada hech kim jarohatlanmaganini ta’kidlagan edi. UzReport telekanaliga ko‘ra, voqea joyida bo‘lgan quruvchilardan biri topilmagan.
UzReport telekanali jamoasi zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan, ammo hududda na tasvirga olishga va na jabrlanganlarning yaqinlari bilan muloqot qilishga ruxsat berilmagan.
Samarqandlik aka-uka Baxtiyor Rahmatov va Ixtiyor Rahmatov ushbu qurilishda ishlayotgan bo‘lgan. Ayni vaqtda Ixtiyor Rahmatov qidirilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Yunusobod tumanida joylashgan “Mega planet” yaqinida tunnel qazilayotgan bo‘lgan. Yog‘ingarchilik kuchaygan vaqtda yer bo‘shab, tunnelni bosib qolgan. Uning ostida esa 20 nafarga yaqin quruvchi bo‘lgani aytilmoqda. Ayni vaqtda Bosh prokuratura, IIV, FVV tomonidan qidiruv-surishtiruv ishlari davom etmoqda.
LiveBarchasi