Yunusobodda Lacetti urib ketgan piyoda vafot etdi

3-sahifa

image

Toshkentda Lacetti rusumli avtomobil mast piyodani urib yubordi. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda voqea joyida vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar bermoqda

Qayd etilishicha, bugun, 19 avgust kuni soat 1:30 da Yunusobod tumani Bog‘ishamol ko‘chasida Lacetti rusumli avtomobil mast holdagi yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyodani urib ketdi.

YTH oqibatida 51 yoshli piyoda A.Sh. olgan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. 

Mazkur YTH bo‘yicha Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov jarayonlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

93

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing