Yunusobodda quvur yorilishi oqibatida qancha ichimlik suvi yo‘qotildi?
Jamiyat
−
10 iyul
5085Avvalroq, Toshkent shahrining Yunusobod tumanida katta suv o‘tkazgich tarmog‘idagi nosozlik sabab ko‘chalarni suv bosgandi.
Buning oqibatida 80-85 ming kub metr miqdoridagi ichimlik suvi yo‘qotilgan. Bu haqda kecha, 9 iyul kuni “O‘zsuvta’minot” AJ bo‘lim boshlig‘i Asiljon Muhiddinov AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Uning aytishicha, nosozlik 1970-1975 yillarda tortilgan suv quvurlarining bugungi kunda ta’mirtalab ahvolga kelgani va o‘sha tarmoqda ortiqcha bosim paydo bo‘lgani oqibatida kuzatilgan. Birlamchi hisob-kitoblarga ko‘ra, nosozlik jarayonida 80-85 ming kub metr miqdoridagi ichimlik suvi yo‘qotilgan. Bu Toshkent shahriga bir kunda uzatilayotgan ichimlik suvining 3,2 foizini tashkil qiladi.
“O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruvi rais o‘rinbosari Xurshid Rahmatullayevning ma’lum qilishicha, avariya diametri 1200 millimetrli quvurning 800 mm bo‘lgan quvurga ulangan qismida sodir bo‘lgan.
“Ushbu hodisada yo‘qotilgan ichimlik suvi zarari aholi yoki o‘sha hududdagi iste’molchilar bo‘yniga hisoblanmaydi. Texnik yo‘qotishlar avvaldan ko‘zda tutiladi. Agar yil davomida [yo‘qotishlar] 17 foizdan oshadigan bo‘lsa, quvur egasi, ya’ni bizning tashkilot zarari hisoblanadi, tabiiy yo‘qotish, degan mazmunda zarar qoplanadi. Bu hech qanaqasiga iste’molchilar bo‘yniga tushmaydi” degan jamiyat boshqaruv raisi o‘rinbosari.
LiveBarchasi