Yunusobod tumanida bir oilaning 6 a’zosi koronavirusga chalindi

Jamiyat

image

Avvalroq, 19 iyun kuni esa 179 nafar bemordan 29 nafari aholi orasida tasdiqlangani haqida xabar bergan edik. Raqamlardan ko‘rinyaptiki, umumiy kasallanish ko‘rsatkichi ham, aholi orasida koronavirusga chalinish holati ham oshgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 19 iyun kuni aniqlangan koronavirus aniqlangan bemorlar haqida ma’lumot berdi.

Kecha, 19 iyun kuni aholi orasida koronavirus aniqlanish holatlarini hududlar kesimida ko‘radigan bo‘lsak, Toshkent shahrida 24 nafar, Namangan viloyatida 3 nafar, Toshkent viloyatida esa 2 nafarni tashkil etdi.

Jumladan, Chilonzor tumanidagi savdo do‘koni sotuvchisi bo‘lgan N.da (Sergeli tumanilik, shu yilning 18 iyunda tana harorati ko‘tarilgach, shifokorga murojaat qilgan), Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi A.da hamda uning o‘g‘li va qizida, poytaxtda bo‘lib turgan Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida yashovchi O.da (profilaktika maqsadida Toshkent shahar SEOM laboratoriyasiga namuna topshirgan), Uchtepa tumanida yashovchi 3 nafar pensionerda hamda Yunusobod tumanidagi bir oilaning 6 nafar a’zosida (tana harorati ko‘tarilgach, oilaviy tumandagi 52 - oilaviy poliklinikaga murojaat qilgan) kasallik qayd etilgan.

Bundan tashqari, Namangan viloyati Pop tumani G‘urumsaroy MFYda yashovchi 3 nafar fuqaro (shu yilning 17 iyun kuni tana harorati ko‘tarilgach, vrachga murojaat qilgan)da, Toshkent viloyati Chirchiq shahar hokimligi sektori ish yurituvchisi G.da (profilaktika maqsadda namuna olingan) hamda O‘rtachirchiq tuman tug‘uruq bo‘limidagi bemor Z.da ham koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan. Mazkur kasallik aniqlangan fuqarolarning aksariyati tana harorati ko‘tarilgach, shifoxonaga murojaat qilishgan va namuna topshirishgan. Ayni paytda ushbu holatlar yuzasidan epidemiologik surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

187

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing