Yunusobod, Chilonzor va Mirzo Ulug‘bekdagi maktablarda an’anaviy darslar boshlanmoqda

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 1 aprelidan Toshkentning Yunusobod, Chilonzor hamda Mirzo Ulug‘bek tuman xalq ta’limi bo‘limlari tasarrufidagi umumta’lim maktablarida ham an’anaviy dars jarayonlari qayta yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Ahrorjon Sultonov ma’lumot berdi.

Sultonovning ta’kidlashicha, bungacha Toshkentning boshqa tumanlaridagi umumta’lim maktablarida o‘qish 29 martdan an’anaviy shaklda boshlangan.

Ota-onalar bolalarining o‘qishini onlayn shaklda davom ettirishi istasa, buning ham imkoni bor. Buning uchun maktab ma’muriyatiga ariza bilan murojaat qilish kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Yunusobod, Chilonzor hamda Mirzo Ulug‘bek tumanlaridagi maktablar 15 martdan onlayn ta’lim shakliga o‘tkazilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab

Baholaganlar

169

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing