Yunon-rum kurashi: Rustam Assakalov amaldagi jahon chempionini mag‘lub etdi

Sport

image

Tokio Olimpiadasining yunon-rum kurashi bo‘yicha -97 kg vazn toifasi bellashuvlarida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Rustam Assakalov o‘z yurishini muvaffaqqiyatli boshladi va chorak finalga yo‘l oldi. 

“Makuhari Messe Hall” arenasida o‘tayotgan bahslarda tajribali yunon-rum kurashchisi Rustam Assakalov gruziyalik Lasha Gobadzeni 6-5 hisobida mag‘lub etdi.

37 yoshli Assakalov ikki karra jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlari g‘olibi va kumush medali sohibi bo‘lgan. Gobadze esa so‘nggi Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.

Assakalov chorak finalda xorvatiyalik Ivan Xuklekka qarshi gilamga chiqadi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan taxminan 9:00 dan so‘ng boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz bunga qadar, o‘zbekistonlik yunon-rum kurashchilari — Elmurod Tasmurodov, Muhsinjon Abdullayev va Jalgasboy Berdimurodov Olimpiadani medalsiz yakunlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Tokio-2020 Rustam Assakalov Yunon-rum kurashi Lasha Gobadze

Baholaganlar

73

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing