Rustam Assakalov yunon-rum kurashi terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi 

Sport

image

Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridan so‘ng sportchilik faoliyatini yakunlagan taniqli yunon-rum kurashchisi Rustam Assakalov O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, yaqin yillar davomida xalqaro maydonda O‘zbekiston nomidan ishtirok etgan Rustam Assakalov endi asosiy jamoa boshqaruviga o‘tadi. Uning oldiga o‘zbek sportchilarini Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo va Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlariga munosib tayyorlash vazifasi qo‘yilgan.

Ma’lumot uchun, Assakalov faoliyati davomida uchta Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Shuningdek, uning hisobida jahon chempionatlarining 1 tadan kumush va bronza, qit’a birinchiliklarining esa 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallari mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Parij Rustam Assakalov Olimpiya yunon-rum kurash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing