UNESCO dunyodagi 13 foiz muzey butunlay yopilishiga ruxsat berdi

Madaniyat-san’at

UNESCO va Xalqaro muzeylar kengashi mutaxassislarining ogohlantirishicha, dunyoda pandemiya tufayli har sakkizta muzeydan bittasi yoki 13 foizi butunlay yopilishi mumkin. Ularning so‘zlariga ko‘ra, kambag‘al davlatlardagi muzeylar juda qattiq zarar ko‘radi.

Pandemiya davrida dunyo bo‘ylab muzeylarning 90 foizi yopilishga majbur bo‘ldi.

Yevropa muzey tashkilotlari tarmog‘ining (NEMO) ta’kidlashicha, Parij, Amsterdam va Vena kabi sayyohlik markazlaridagi muzeylari daromadlarining 80 foizigacha yo‘qotishdi. Bu haftasiga yuz minglab yevroni tashkil etadi.

“Muzeylar yo‘qolgan foydani qanday qaytarishni bilmaydi va ularning aksariyati o‘z infratuzilmasini yangilash va ijtimoiy masofani ushlab turish uchun mablag‘ga ega emas”, dedi UNESCO bosh direktorining madaniyat bo‘yicha o‘rinbosari Ernesto Ottone.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tarixda birinchi marta sodir bo‘lmoqda va tashkilotlar uchun inqirozdan chiqish juda qiyin bo‘ladi.

Ottone dunyo hamjamiyatini muzeylarga faol tashrif buyurib, "ushbu sohaga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatishga" chaqirdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida cheklovlar asta-sekin zaiflashmoqda va diqqatga sazovor joylar, muzeylar va arxeologik joylar ochila boshladi. 


Maqola muallifi

Teglar

muzey

Baholaganlar

19

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing