“United” bir shart bilan Ronalduni sotishi mumkin

Sport

image
0:00
0:00
download

Angliyaning “Manchester United” klubi portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduni boshqa klubga sotishga tayyor. Bu haqda “ESPN” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “qizil iblislar” rahbariyati Angliya Premer ligasida o‘yanamaydigan biror-bir jamoadan taklif tushadigan bo‘lsa, Ronalduni sotib yuboradi. 

“United” Angliya klubiga Krishtianuni sotib, o‘z raqiblarini kuchaytirish niyati yo‘q. Qolaversa, 37 yoshli futbolchining bir haftalik maoshi 500 ming funtni tashkil qiladi. Albatta, bunday “kosmik” narxdagi maosh Ronalduning xaridorlarni cho‘chitib qo‘yishi mumkin.

O‘tgan mavsumda “Manchester United” Angliya Premer ligasida oltinchi o‘rinni egalladi. Natijada klub Yevropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasidan quruq qoldi. Kelasi mavsumda “qizil iblislar” ikkinchi darajali musobaqa bo‘lmish Evropa Ligasida ishtirok etadi. Ronaldu esa faoliyati davomida bir marta ham ushbu turnirda qatnashmagan va u futboldan ketguniga qadar YeCHLda o‘ynashni maqsad qilgan. 

Ma’lumot uchun, Ronaldu o‘tgan mavsumda “qizil iblislar” safida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol urishga erishgan. "Transfermarkt" portali portugaliyalik iqtidor egasini 35 million yevroga baholamoqda.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Yunayted Ronaldu

Baholaganlar

356

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing