Yo‘nalish o‘zgardi: Fyuri Usik bilan jang qilmoqchi

Sport

image

Professional boksning super og‘ir vazn toifasida WVC chempioni Tayson Fyurining promouteri Frenk Uorren o‘z mijozi uchun WBO, WBA, IBF va IBO chempionlik kamarlari sohibi Aleksandr Usikka qarshi jangni tashkil etishga tayyorligini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Entoni Joshua chempionlik jangiga xalaqit beradi. Chunki britaniyalik bokschi Aleksandr Usik bilan revansh shartnomasidagi bandni rasman faollashtirgani haqida xabarlar tarqalgan.

“Usikning Joshua bilan revansh jangi bor, bu sir emas. Agar Entoni chetga o‘tsa, biz osonlikcha Usik-Fyuri jangini uyushtiramiz. Fikrimcha, bu jangni tashkil qilmoqchimiz, agar harakatlarimiz natija bermasa va Tayson boksni davom ettirmoqchi bo‘lsa, u chempionlik unvonini himoya qilishi kerak bo‘ladi.  Lekin Joshua bunga rozi bo‘ladimi? Kim biladi, balki u hali chempionlikdan voz kechmagandir. Agar Fyuri faoliyatini davom ettirishni istamasa, oldida faqatgina mutlaq chempionlik jangi qoladi xolos”, deydi promouter Uorren.

Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Usik joriy yilning 25 sentyabr kuni britaniyalik Entoni Joshuaga qarshi jang o‘tkazib, ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozonan va WBA, IBF, WBO va IBO  chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritgan. “Lo‘lilar qiroli” esa 10 oktyabr kuni amerikalik Deontey Uaylderni nokautga uchratib, o‘ziga tegishli WBC va The Ring titulini saqlab qoldi.


Maqola muallifi

Teglar

WBA WBC Joshua IBF WBO IBO Prof boks F'yuri Usik Uaylder

Baholaganlar

152

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing