Yun Sok Yol 2025 yil boshida iste’foga chiqishi mumkin
Olam
−
10 dekabr
1490Koreya Respublikasining “Xalq kuchi” hukmron partiyasi Prezident Yun Sok Yolning 2025 yilning birinchi yarmida muddatidan oldin iste’foga chiqishini nazarda tutuvchi bir nechta rejani tayyorlagan. Bu haqda KBS telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu rejalar ichida Prezidentning fevral oyida iste’foga chiqishi va aprel oyida muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan variant mavjud. Boshqa bir reja Prezidentning mart oyida iste’foga chiqishini, may oyida esa saylovlar o‘tkazilishini taklif qiladi. Bu takliflar partiya raisi Xan Don Xunga taqdim etilgan.
Konstitutsiyaga binoan, agar Prezident lavozimi bo‘shab qolsa, 60 kun ichida muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishi lozim.
Joriy yilning 3 dekabr kuni Prezident Yun Sok Yol Janubiy Koreyada harbiy holat e’lon qilgandi. U bu qarorini Shimoliy Koreya kuchlardan himoyalanish bilan izohlagandi. Janubiy Koreyaning muxolif “Toburo” demokratik partiyasi mamlakat Prezidenti Yun Sok Yoldan harbiy holat e’lon qilgani uchun iste’foga chiqishni talab qilgandi. Sal o‘tib esa Janubiy Koreya Prezidenti mamlakatda harbiy holat joriy etish qarori uchun xalqdan uzr so‘rab chiqqandi.
Eslatib o‘tamiz, 7 dekabr kuni Janubiy Koreya parlamentida prezidentga impichment e’lon qilish bo‘yicha ovoz berish bo‘lib o‘tgandi. Ammo ovoz berish hukmron partiya tomonidan boykot qilingani sababli impichment qabul qilinmadi. Keyinchalik Seulda bo‘lib o‘tgan parlament qo‘mitasi yig‘ilishida Janubiy Koreya Adliya vazirligi mamlakat Yun Sok Yolga mamlakatni tark etishni taqiqladi.