Yo‘lovchining bir og‘iz gapi tufayli butun samolyot evakuatsiya qilindi
Olam
−
07 avgust 2776 1 daqiqa
Kecha, 6 avgust kuni AQSHning Xyuston shahridan Detroytga parvoz qilishi kerak bo‘lgan Frontier Airlines aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti bortidagi yo‘lovchilardan biri bomba bilan tahdid qilgani sabab evakuatsiya qilindi. Bu haqda “CBS News Detroit” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 1958-reys Jorj Bush nomidagi xalqaro aeroportdan uchishga tayyorgarlik ko‘rayotgan vaqtda yo‘lovchilardan biri og‘zaki ravishda bomba bilan tahdid qilgan. Shundan so‘ng, bortdagi barcha yo‘lovchilar ehtiyot chorasi sifatida samolyotdan tushirilgan.
Aviakompaniya bayonotiga ko‘ra, hodisadan so‘ng mahalliy va federal huquqni muhofaza qiluvchi organlar samolyotni tekshirgan. Tekshiruv davomida xavf tug‘diradigan hech qanday buyum topilmagan va yo‘lovchilar keyingi reysga qayta joylashtirilgan.
Ma’muriyat hodisa yuzasidan bir kishi qo‘lga olinganini ma’lum qilgan. Hozirda voqea yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Peruning Naska provinsiyasiga qarashli Pueblo-Vexo hududida bortida sayyohlar bo‘lgan samolyot halokatga uchragani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi