AQSHda vertolyot aloqa minorasiga borib urildi. Qurbonlar bor (video)
Olam
−
21 Oktabr
5135Kecha, 20 oktyabr kuni kechqurun AQSHning Texas shtati Xyuston shahrida vertolyot aloqa minorasiga urilib ketishi oqibatida bir nechta odam, jumladan, bir bola ham halok bo‘ldi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, hodisa Engelke va Shimoliy Ennis ko‘chasi yaqinida mahalliy vaqt bilan kechki soat 8:00 atrofida sodir bo‘lgan. Rasmiylar aniq necha kishi halok bo‘lganini ma’lum qilmagan, ammo Xyuston politsiyasi boshlig‘i Noy Diasga ko‘ra, bortida to‘rt kishi bo‘lgan xususiy Robinson R44 vertolyoti halokatga uchragan.
Shahar merining ma’lum qilishicha, vertolyot Ellington aeroportidan (halokat joyidan 27 km janubda) havoga ko‘tarilgan va keyinroq halokatga uchragan. Mahalliy vaqt bilan kechki soat 9:30 da hodisa oqibatida yuzaga kelgan yong‘in o‘chirilgani haqida xabar berilgan. O‘t o‘chirish xizmatiga ko‘ra, hududdagi uylar xavfsiz holatda qolmoqda, lekin halokat joyi dahshatli ko‘rinishga ega.
Hodisa joyiga yaqin bo‘lgan ba’zi uylar elektr ta’minotisiz qolgan. Shahar merining ta’kidlashicha, hududda butan ballonining mavjudligi tufayli portlashning yanada katta ko‘lamda bo‘lmaganligi shahar uchun “omadli” bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyatida 14 yo‘lovchini olib ketayotgan vertolyot halokati oqibatida kamida 6 kishi qurbon bo‘ldi va 8 kishi og‘ir jarohat olgan edi.
LiveBarchasi