Yo‘lovchi poyezdlari to‘qnashuvida 16 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 12 noyabr kuni Bangladeshda ikkita o‘lovchi poyezdi to‘qnashib ketdi. Natijada hozirgacha 16 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “The Daily Star” xabar berdi.

Mahalliy politsiyaning ma’lum qilishicha, 12 kishi voqea joyida, yana 4 nafari shifoxonada vafot etgan.

Halokat taxminan soat 3:00 da Bangladesh sharqidagi Braxmanbariya okrugidagi temir yo‘l stansiyasida yuz bergan.

Politsiya xodimi qutqaruv operatsiyasi boshlanganini ma’lum qildi. U qurbonlar soni ortishi mumkinligini aytdi. Chunki ko‘plab jabrlanuvchilar hamon vagonlar ostida qolyapti. Temir yo‘l qatnovi to‘xtatilgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning iyun oyida Bangladeshda poyezdning relsdan chiqib ketishi natijasida olti kishi halok bo‘lib, 68 nafari jarohatlangandi. 


Maqola muallifi

Teglar

halokat poezd Bangladesh

Baholaganlar

60

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing