Yo‘lovchi poyezdlari to‘qnashuvida 16 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
12 noyabr 2019 6790 1 daqiqa
Bugun, 12 noyabr kuni Bangladeshda ikkita o‘lovchi poyezdi to‘qnashib ketdi. Natijada hozirgacha 16 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “The Daily Star” xabar berdi.
Mahalliy politsiyaning ma’lum qilishicha, 12 kishi voqea joyida, yana 4 nafari shifoxonada vafot etgan.
Halokat taxminan soat 3:00 da Bangladesh sharqidagi Braxmanbariya okrugidagi temir yo‘l stansiyasida yuz bergan.

Politsiya xodimi qutqaruv operatsiyasi boshlanganini ma’lum qildi. U qurbonlar soni ortishi mumkinligini aytdi. Chunki ko‘plab jabrlanuvchilar hamon vagonlar ostida qolyapti. Temir yo‘l qatnovi to‘xtatilgan.
Ma’lumot uchun, joriy yilning iyun oyida Bangladeshda poyezdning relsdan chiqib ketishi natijasida olti kishi halok bo‘lib, 68 nafari jarohatlangandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust