Ispaniyada poyezd halokati ortidan hukumatga qarşi namoyişlar boşlandi (video)
Olam
−
14:45 486 3 daqiqa
Ispaniyada 69 kişining ölimiga sabab bölgan poyezd halokatidan söng Madridda yuzlab kişi hukumat iste’fosini talab qilib namoyişga çiqdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Joriy yilning 28 oktyabr kuni Toledo viloyatida ikki tezyurar poyezd töqnaşib ketgan edi. Halokat joriy yilda Ispaniyada sodir bölgan ikkinçi yirik temir yöl fojiasi böldi. Avvalgi halokatdan atigi töqqiz oy ötgani mamlakatda temir yöl infratuzilmasi va xavfsizligiga oid savollarni yana kun tartibiga olib çiqdi.
Norozilik namoyişi Ispaniya Transport vazirligi binosi oldida bölib ötgan. Unda asosan öng qanot qaraşlarini qöllab-quvvatlovçi yuzlab kişi qatnaşib, Boş vazir Pedro Sançesning iste’fosini talab qilgan. Namoyişçilar hukumatni infratuzilmaga yetarliça mablağ ajratmaganlikda ayblagan.
“Bu hukumat hamma narsani, jumladan, infratuzilmani ham vayron qildi”, degan namoyişda iştirok etgan öta öngçi “Vox” partiyasi yetakçisi Santyago Abaskal.
Ispaniya muxolifati yetakçisi Alberto Nunes Feyxoo ham halokat yuzasidan javobgarlikni aniqlaşga çaqirgan. Uning aytişiça, fojia sabablari böyiça töliq tekşiruv ötkazilişi kerak.
Boş vazir Pedro Sançes esa halokat yuzasidan tekşiruv ötkazilişini bildirib, aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etişga va’da bergan. Uning aytişiça, tezyurar poyezdlar tizimiga bölgan işonçni tiklaş uçun xavfsizlik çoralarini yanada kuçaytiriş zarur bölsa, bu amalga oşiriladi.
Transport vaziri Oskar Puente esa mamlakat temir yöl tizimi xavfli ekani haqidagi ayblovlarni rad etgan. U tizim işonçli va xavfsiz ekanini, biroq har qanday transport turida bölgani kabi texnik imkoniyatlar va inson omili bilan boğliq çeklovlar mavjudligini ta’kidlagan. Vazir öz lavozimidan ketiş-ketmasligi haqidagi savolga hozir bu haqda gapiriş vaqti emasligini aytgan.
Ma’lumotlarga köra, Ispaniyaning tezyurar temiryöl tarmoği qariyb 4 ming kilometrni taşkil etadi va hajmi böyiça dunyoda Xitoydan keyin ikkinçi örinda turadi. Biroq joriy yilning birinçi yarmida tezyurar poyezdlardan foydalaniş ötgan yilning şu davriga nisbatan 15 foizga kamaygan.
Eslatib ötamiz, fojia joriy yilning 28 oktyabr kuni Madrid – Sevilya yönalişidagi Urda şahri yaqinida sodir bölgandi. Avvaliga Urda stansiyasi hududida sodir bölgan favqulodda hodisa oqibatida kamida 39 kişi halok bölgani ma’lum qilingan edi. Keyinçalik Ispaniya OAVlari temir yöl halokatida halok bölganlar soni 50 kişiga yetganini xabar qildi. Şuningdek, kamida 179 kişi jarohatlangani haqida ma’lumotlar paydo böldi.
Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev poyezdlar töqnaşuvi oqibatida köplab insonlar halok bölgani va jarohat olgani munosabati bilan Ispaniya qiroli Felipe VI nomiga hamdardlik yölladi.
Live
Barchasi