Ispaniyadagi poyezdlar töqnaşuvida 24 yoşli sportçi halok böldi
Sport
−
13:35 390 1 daqiqa
Ispaniya yoşlar va klublar çempionatida iştirok etgan 24 yoşli yengil atletikaçi Juliyeta Galego Toledo provinsiyasidagi ikki poyezd töqnaşuvida halok bölganlar orasida bölgan. Bu haqda mamlakat yengil atletika assotsiatsiyasi (RFEA) matbuot xizmati xabar berdi.
“Reuters” agentligining xabar berişiça, 24 yoşli Galego Madridning “AD Sprint” klubida şuğullangan. “Marca” naşrining yozişiça, u uzunlikka sakraş va 60 metrga yuguriş yönalişlariga ixtisoslaşgan.
Eslatib ötamiz, fojia joriy yilning 28 oktyabr kuni Madrid – Sevilya yönalişidagi Urda şahri yaqinida sodir bölgan. Avvaliga Urda stansiyasi hududida sodir bölgan favqulodda hodisa oqibatida kamida 39 kişi halok bölgani ma’lum qilingan edi. Keyinçalik Ispaniya OAVlari temir yöl halokatida halok bölganlar soni 50 kişiga yetganini xabar qildi. Şuningdek, kamida 179 kişi jarohatlangani haqida ma’lumotlar paydo böldi.
Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev poyezdlar töqnaşuvi oqibatida köplab insonlar halok bölgani va jarohat olgani munosabati bilan Ispaniya qiroli Felipe VI nomiga hamdardlik yölladi.
Live
Barchasi