Yo‘lkiralar oshmaydi –Toshshahartransxizmat

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkent shahrida muntazam harakatlanadigan 32 yo‘nalishdagi avtobuslarda cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimiga bosqichma-bosqich o‘tkazish belgilangani haqida xabar bergan edik. “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati bu yo‘lkira narxiga ta’sir ko‘rsatmasligini aytib, qo‘shimcha bayonot berib chiqdi.

“17t, 20, 73, 86, 98, 101, 146, 140 130,129, 116, 82, 68, 63, 61, 55, 52, 45, 43, 41, 39, 9t, 8, 125, 151, 133, 138, 153, 154, 181, 183, 104-sonli avtobus yo‘nalishlari brutt- shartnoma tizimiga o‘tkazilgan, avtobuslarda yo‘l haqi o‘zgargani, yoxud tarif siyosati ishga tushirilgani haqida ma’lumot berilmagan. Jamoat transporti hisoblangan avtobuslarda yo‘l haqi uchun to‘lov hozirda 1400 so‘m”, deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshyo‘lovchi UK bo‘lim boshlig‘i Iroda Ismoilova O‘zA’ga bergan intervyusida joriy yilning may oyi oxiriga qadar jamoat transporti vositalarlarida qatnovchi yo‘lovchilar uchun to‘lov ta’riflari o‘zgarishini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Yo'lkira

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing