Yulduzli Fransiyaning Jahon chempionati uchun qaydnomasi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Fransiya terma jamoasining Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCH-2022 uchun qaydnomasi e’lon qilinishiga bir kun qolganida, mundialda ishtirok etadigan futbolchilar nomi Fransiyaning nufuzli “Le Parisien” nashri tomonidan e’lon qilindi.

Darvozabonlar: Ugo Loris (“Tottenxem Xotspur”), Alfons Areola (“Vest Xem Yunayted”), Mik Menyan (“Milan”). 

Himoyachilar: Benjamen Pavar ("Bavariya"), Jyul Kunde ("Barselona"), Rafael Varan ("Manchester Yunayted"), Presnel Kimpembe ("Pari Sen-Jermen"), Vilyam Saliba ("Arsenal"), Lukas Ernandes ("Bavariya"), Teo Ernandes ("Milan"). 

Yarim himoyachilar: Adriyen Rabo ("Yuventus"), Orelen Tchuameni ("Real"), Uesli Fofana ("Chelsi"), Matteo Genduzi ("Marsel"). 

Hujumchilar: Kingsli Koman ("Bavariya"), Kilian Mbappe ("PSJ"), Karim Benzema ("Real"), Olive Jiru ("Milan"), Antuan Grizmann ("Atletiko"), Usmon Dembele ("Barselona"), Kristofer Nkunku ("RB Leypsig"). 

Yuqorida 20 nafar futbolchi nomi keltirilgan, jarohatlar tufayli Desham ayrim futbolchilarni hali qaydnomaga kiritmagan. Ko‘pgina fransuz futbolchilar hozirda jarohatidan tiklanish jarayonini boshdan o‘tkazmoqda. Jumladan Stiv Mandanda ("Renn"), Luka Din ("Everton"), Ferlan Mendi ("Real"), Jonatan Kloss ("Marsel"), Deotshanklyu Yupamekano ("Bavariya"), Ibraima Konate ("Liverpul"), Jordan Veretu ("Marsel"), Eduardu Kamavinga ("Real") va Bubakar Kamara ("Marsel").


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Fransiya

Baholaganlar

96

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing