Yulduz Turdiyeva va Ilyos Arabov xalq artisti bo‘ldi
Madaniyat-san’at
−
18:37 2598 1 daqiqa
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi Yulduz Turdiyeva va Yunus Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san’ati instituti o‘qituvchisi Ilyos Arabov “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Bu haqda bugun, 22 avgust kuni Prezident tegishli farmonni imzoladi.
Qayd etilishicha, ular mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi islohotlar samarasini oshirishga qo‘shgan munosib hissasi, o‘zining ko‘p qirrali ijodiy va ilmiy-amaliy faoliyati bilan xalqning intellektual salohiyati va ma’naviyatini yuksaltirish, yurtimizda ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at sohalari, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, jamiyatda tinchlik va totuvlik, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini saqlash, yoshlarni ona yurtga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi samarali xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun mukofotlangan.
“O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan
Ilyos Ismatovich Arabov - Yunus Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san’ati instituti o‘qituvchisi;
Yulduz Choriyevna Turdiyeva - “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi.
“O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi” faxriy unvoni bilan
Zaylobidinovich Jamoldinov Akmaljon - O‘zbekiston davlat filarmoniyasi bosh rassomi.
Live
Barchasi