Farrux Zokirov Ozarbayjon xalq artisti bo‘ldi

Madaniyat-san’at

image

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Farrux  Zokirovga “Xalq artisti” faxriy unvonini berish to‘g‘risida farmon imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ozarbayjon Respublikasi bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun Farrux Karimovich Zokirovga “Xalq artisti” faxriy unvoni berilgan.

Ma’lumot uchun, 78 yoshli Farrux Zokirov bir vaqtning o‘zida 7 ta – O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ingushetiya, Tatariston va Boshqirdistonning xalq artisti hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Nasiba Abdullayevaga ham Ozarbayjon xalq artisti unvoni berilgan edi. Ozarbayjon xonandasi Gulyanaq Mammadova esa O‘zbekiston xalq artisti bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Farrux Zokirov xalq artisti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made