Yo‘l qurilishiga buyurtma olib berish uchun 50 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
19 noyabr
4021Yo‘l qurilishiga buyurtma olib berish uchun 50 ming AQSH dollari talab qilgan MCHJ rahbari ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yo‘l qurilishi hamda ta’mirlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari N.Sh. o‘zganing ishonchiga kirib, unga “Toshkent-Boysun” avtoyo‘lini qurish va ta’mirlash loyihasi bo‘yicha tender g‘olibi bo‘lgan xorijiy kompaniyaning qiymati 500 ming AQSH dollarilik qurilish ishlarini bajarish bo‘yicha buyurtmasini olib berish evaziga uning 10 foizini, ya’ni 50 ming AQSH dollari olgan vaqtida DXX hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ushlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, u muqaddam bir necha marotaba sudlangan. Biroq o‘z xatolaridan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 (Firibgarlik) va 211-moddalari (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyatida hokim yordamchilariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
LiveBarchasi