Yuqori sinfda o‘qitiladigan fanlar 16 tadan 11 taga qisqaradi

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi umumta’lim maktablarida yuqori sinfda o‘qitiladigan fanlar 16 tadan 11 taga qisqaradi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan bugun, 28 avgust kuni maktablarda ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchi o‘rnini ko‘paytirish hamda o‘qituvchilar malakasini oshirish va ularga munosib sharoit yaratish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida aytildi. 

Qayd etilishicha, oliygohga kirishga ishtiyoqi bor bo‘lgan 10-11 sinf o‘quvchilariga “kimyo – biologiya”, “matematika – fizika”, “matematika – chet tili”, “ona tili va adabiyot – chet tili” fanlari ularning tanlovi asosida chuqurlashtirib o‘qitiladi.

Kasb-hunar egasi bo‘lish istagidagi o‘quvchilarga esa maktabning o‘zida tayyor mutaxassis bo‘lib yetishib chiqish imkoniyati yaratiladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga sentyabrdan boshlab ushbu tajribani salohiyati va tayyorgarligi bor 135 ta maktabda yo‘lga qo‘yish topshirildi. Kelgusi o‘quv yilidan kamida 1 mingta maktab ushbu tizimga o‘tkaziladi.

Darslarning mazmuni ham o‘zgarishi ta’kidlandi. Bunda 1-sinfdan kompyuter savodxonligi, yuqori sinflarda moliyaviy savodxonlik darslari joriy etiladi. 

Shuningdek, bu yil maktab darsliklariga byudjetdan 920 milliard so‘m ajratilgan, boshlang‘ich sinflar uchun to‘liq yangi darsliklar ishlab chiqilgan.

Boshlang‘ich sinflar uchun tayyorlangan darsliklarning ikkinchi qismini ham to‘liq hajmda chop etishga topshiriq berildi.

Endilikda o‘quv dasturlariga qo‘shimcha yangi fanlarni kiritish taqiqlanadi. Barcha yangi takliflar mavjud fanlarga integratsiya qilinib tayyorlanadi.

Shuningdek, barcha fanlarda milliy g‘urur, iftixor, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, vatanparvarlik g‘oyalari targ‘ib qilinishi shartligi qayd etildi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing