Yuqori Chirchiqda ona va o‘gay ota yosh bolasini kaltakladi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida 7 yoshli bola onasi va o‘gay otasi tomonidan kaltaklandi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Bola huquqlari bo‘yicha vakilga Yuqori Chirchiq tumanida istiqomat qiluvchi voyaga yetmagan G.I. ismli 2018 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bolaga oid murojaat kelib tushgan.

Murojaatga ko‘ra, joriy yilning 30 iyun kuni 7 yoshli bola onasi va o‘gay otasi unga qo‘pol muomala qilishi va kaltaklashi tufayli yarim tunda uyidan qochib ketib, qo‘shni hovli darvozasini taqillatgan va yordam so‘ragan. 

Bolalar ombudsmanining so‘rovi asosida “Inson” ijtimoiy xizmati markazi tomonidan holat zudlik bilan o‘rganilgan. 

Voyaga yetmagan bolaning onasi – G.K. ismli 1995 yilda tug‘ilgan ayol bilan suhbatlashilib, vaziyat yuzasidan zarur choralar ko‘rilgan.

Bolaning onasi farzandini tarbiyalash borasidagi majburiyatini bajarmagani uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi (bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) 1-qismi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Shuningdek, onaga va o‘gay otaga “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun doirasida bola davlat himoyasida ekani tushuntirilib, unga nisbatan qilingan har bir nojo‘ya harakat javobgarlikka olib kelishi haqida ogohlantirilgan.

Bildirilishicha, mazkur oilaga oid ijtimoiy keys ochilib, bolani himoyalash choralari ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida 11 yashar qizchaning nomusiga tajovuz qilib, zo‘rlab kelgan o‘gay otaga Jinoyat kodeksining bir necha moddalari bilan 16 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

kaltak Yuqori Chirchiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing