Farzandini ko‘rishga borgan otani sobiq xotinining oila a’zolari kaltakladi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Sergeli tumanida farzandlarini ko‘rish uchun sobiq turmush o‘rtog‘ining uyiga borgan erkak uning oila a’zolari tomonidan kaltaklandi. Bu haqda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 9 avgust kuni 1991 yilda tug‘ilgan B.R. farzandlarini ko‘rish uchun sobiq turmush o‘rtog‘i, 1997 yilda tug‘ilgan D.Q. ning Sergeli tumanidagi uyiga borgan. Shu vaqtda turmush o‘rtog‘ining oila a’zolari bilan mojaro yuzaga kelgan. Oqibatda 1965 yilda tug‘ilgan M.Q. va 1992 yilda tug‘ilgan E.Q. 35 yoshli B.R.ni urib, unga tan jarohati yetkazgan.

Bildirilishicha, holat yuzasidan Sergeli tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida er o‘z ayolini ayovsiz kaltaklagandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing