Yo‘qolgan suvosti kemasi bortidagilar allaqachon halok bo‘lgani aytilmoqda
Olam
−
23 iyun 2023
14771Atlantika okeanining “Titanik” kemasi cho‘kkan qismiga ekspeditsiya uyushtirib, g‘oyib bo‘lgan “Titan” batiskafi bortidagi odamlar halok bo‘lgan. Bu haqda qutqaruv operatsiyasi a’zolarining fikriga tayanib, CNNTV xabar berdi.
AQSH dengiz floti faxriysi doktor Deyl Molening so‘zlariga ko‘ra, “Titan” suvosti kemasi ekipaji bir millisoniyada vafot etganini ta’kidlab o‘tdi.
“Katta ehtimol bilan ular nima bo‘lganini tushunmagan ham, “Titan” chuqurdagi bosim kuchidan shardek yorilib ketgan. Faqat vayronagarchilik prinsipi aksincha edi, u ichkaridan portlagan”, deydi Deyl Mole.
Suvosti kemasi g‘oyib bo‘lganidan keyin bir kun ichida “Titanik” halokatga uchragan hududda suv osti portlashi qayd etilgan. Shuningdek, qutqaruvchilar okean tubidagi kema burnidan taxminan 500 metr masofada beshta yirik qismlar topilgani ma’lum qilingan.
Okean tubidagi og‘ir vaziyatga qaramay, ekipaj a’zolarining jasadlarini qidirish davom etmoqda. Qidiruv ishlarida AQSH va Kanadaning Qirg‘oq qo‘riqlash xizmatlari, shuningdek, xususiy kemalar qatnashmoqda.
Mazkur xabar e’lon qilingan vaqtning o‘zida deyarli hamma “Titan” bortidagilar halok bo‘lgan, deya taxmin qila boshlagan.
“Suv osti kemasi va uning ekipajini qidirishning foydasiz ekanligini deyarli darhol bilganman”, deydi “Titanik”, “King-Kong”, “Avatar” kabi filmlarning rejissiyori Jeyms Kemeron.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 iyun kuni Atlantika okeanining “Titanik” kemasi cho‘kkan qismiga ekspeditsiya uyushtirgan “Titan” suvosti kemasi g‘oyib bo‘lgani edi. Shundan so‘ng yo‘qolgan batiskafda kislorod tugagan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berildi. Keyinroq AQSH qirg‘oq qo‘riqlash xizmati qidiruv hududidan noma’lum qoldiqlar topilganini ma’lum qildi.
LiveBarchasi