Yuk mashinalar ishtirokidagi YTH oqibatida 3 kishi vafot etdi (foto)

Jamiyat

image

Namangan viloyatida 3 ta yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda 3 kishi vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar qildi.

Qayd etilishicha, 2020 yilning 04 iyul kuni soat 05:00 da 63 yoshli A.R., boshqaruvida bo‘lgan CAMC rusumli yuk avtomashinani Pop tumani "Ko‘shminor" Mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tuvchi "Toshkent-O‘sh" avtomobil yo‘lining 227 kilometrida boshqarib ketayotganida, tormoz tizimi ishlamay qolishi natijasida harakat xavfsizligini ta’minlay olmasdan, shu yo‘nalish bo‘yicha yo‘lning chetida to‘xtab turgan 26 yoshli A.G‘. ning boshqaruvida bo‘lgan Isuzu yuk avtomashinaga va 26 yoshli N.R.ning boshqaruvida bo‘lgan ikkinchi Isuzu yuk avtomashinaning orqa qismiga urilib, ag‘darilgan xamda CAMC yuk avtomashinaning kabina qismida yong‘in yuzaga kelgan.

Natijada CAMC yuk mashina haydovchisi A.R. va Isuzu yuk avtomashinadan birining haydovchisi A.G‘.lar hodisa joyida vafot etganlar. Ikkinchi Isuzu rusumli yuk avtomashinaning haydovchisi N.R., shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi "a" bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Toshkentda birdaniga 7 avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

211

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing