YTH sababchilariga nisbatan jazo kuchaytiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarini qasddan mensimasdan buzib, yo‘l-transport hodisasiga sabab bo‘lgan shaxslarga nisbatan javobgarlik kuchaytiriladi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Erali Bozorov bugun, 14 iyul kuni Ichki ishlar organlari faoliyati yuzasidan o‘tkazilgan joriy yilning birinchi yarim yilligi bo‘yicha tahliliy hisobotida ma’lum qildi.

Erali Bozorovning bildirishicha, mazkur masalani nazarda tutuvchi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilgan bo‘lib, u bilan yo‘l harakati qoidalarini qasddan buzish oqibatida YTHga sabab bo‘lgan shaxslarga nisbatan yanada qat’iy choralar qo‘llash taklif etilmoqda.

Ma’lumot uchun, 2025 yil 1 iyundan yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 12-moddasi (ma’muriy huquqbuzarlikni ehtiyotsizlik orqasida sodir etish) asosida yozilgan bayonnomalarga ko‘ra, joriy yilning 1 aprelidan esa qoidabuzarliklarni avtomatik ravishda aniqlovchi qurilmalar tomonidan qayd etilgan 4 turdagi qoidabuzarlik, ya’ni svetoforning taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmaslik, to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzish, yo‘lning qarama-qarshi yo‘lagida harakatlanish hamda tezlik qoidalariga amal qilmaslik uchun jarima ballari hisoblanishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 671 nafar haydovchi 12 balldan yuqori jarima ballini to‘plagani hamda joriy yilning 1 aprelidan jarima ballari tizimi joriy etilganidan beri jami 399 269 nafar fuqaroga nisbatan ma’muriy ogohlantirish chorasi qo‘llanilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing