YPX xodimlaridan qochgan mototsiklchi 15 sutkaga qamaldi (video)
3-sahifa
−
12 avgust 936 1 daqiqa
Toshkent shahrida yo‘l-patrul xizmati xodimlaridan qochgan 26 yoshli mototsiklchi 15 sutkaga qamaldi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanishdi.
Hujjatda keltirilishicha, joriy yilning 9 avgust kuni soat 00:00 larda 2000 yilda tug‘ilgan M.I. Toshkent shahri S 1-dahasida o‘ziga tegishli raqamsiz mototsiklda IIB xodimining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmagan. Bundan tashqari, u o‘zining Instagram sahifasiga IIB xodimlarini obro‘sizlantiruvchi har xil videolarni joylashtirgan.
Kecha, 11 avgust kuni ushbu holatlar yuzasidan tushuntirish xati olish va mototsiklni jarima maydonchasiga olib ketish aytilganida, M.I. IIB xodimlarining qonuniy talabini bajarmasdan faol qarshilik ko‘rsatgan va ko‘chada baqir-chaqir qilib, jamoat tartibini buzgan.
Kecha, 11 avgust kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudida makzur ish ko‘rib chiqilgan. Sudda M.I. aybiga iqror bo‘lib, qilmishidan pushaymonligini bildirgan va suddan yengillik berishni so‘ragan. U Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan va uzil-kesil 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida mototsiklning orqa balonini tutatgan qizga chora ko‘rilgan edi.
Live
BarchasiTurkiyada F-16 halokatga uchradi
12 avgust