YPX xodimini haqoratlagan haydovchi qamaldi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Cobalt avtomobili haydovchisi Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimini haqorat qilgani tasvirlangan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilgan. 

Voqea joriy yilning 3 avgust kuni soat taxminan 9:30 da Bektemir tumani Toshkent halqa yo‘lida “Compass” savdo majmuasi yaqinida yuz bergan. YPX xodimlari Cobalt haydovchisi qoida buzganini aniqlagan.

Qoidabuzar 34 yoshli Bahromjon R. ekani aniqlangan. U avtomobilini to‘xtash va to‘xtab turishni taqiqlovchi 3.27 belgisi ostida qoldirgan. Bu YPX xodimlariga o‘z xizmat vazifasini bajarishga halal bergan.

Haydovchi huquq-tartibot organi xodimining qo‘lidan hujjatlarni tushirib yuborgan. Bahromjon R. inspektorlarni janjal boshlashga undab, ularni haqorat qilgan.

Bahromjon R.ga nisbatan to‘plangan materiallar ma’muriy ishlar bo‘yicha Bektemir tuman sudiga berilgan. Sud ish bo‘yicha materiallarni ko‘rib chiqib, Bahromjon R.ni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 194-moddasi 1-qismi (ichki ishlar organi xodimining qonuniy talabini bajarmaslik) va 183-moddasida (mayda bezorilik) nazarda tutilgan qoidabuzarliklarni amalga oshirishda aybdor deb, topgan. Aybdorga MJTKning 34-moddasiga muvofiq 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bektemir qamoq

Baholaganlar

101

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing