YPX xodimi kanalga tushib ketgan Cobalt’dan ayolni qutqarib qoldi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida Cobalt haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, kanalga tushib ketdi. Yo‘l-patrul xizmati xodimi mashinada cho‘kayotgan ayolni ko‘rib, uni qutqarib qoldi. Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati rahbari Rustam Asqarov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, YPX xodimi xizmat vaqtida oldida harakatlanayotgan Cobalt boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi kanalga tushib ketganini ko‘rgan. U xizmat avtomobilini darhol to‘xtatib, yordam berish uchun hodisa joyiga yugurgan.

“Xizmat olib borayotgan paytimda oldimda ketayotgan Cobalt transport vositasi boshqaruvini yo‘qotib, chap tomondagi kanalga tushib ketdi. Transport vositamni darhol to‘xtatib, birinchi yordam ko‘rsataman deb yugurib bordim. Cho‘kib ketayotgan ayol kishini ko‘rdim. Tezda suvga tashlanib, ayolni qutqarib, suv chetiga olib chiqdim”, degan YPX xodimi.

Ayol qirg‘oqqa chiqarilgach, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga yuborilgan.

Hodisa guvohlaridan birining aytishicha, u voqea vaqtida Tracker avtomobilida YPX xodimi ortidan harakatlangan.

“Cobalt mashinasi shu yerda boshqaruvni yo‘qotib, kanalga tushib ketdi. Xodim kiyimi bilan suvga o‘zini tashladi. Suvga tushib, ayol kishini olib chiqdi, qutqarib qoldi”, degan guvohlardan biri.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidan o‘tuvchi kanalda oqib ketayotgan bolakay fuqaro tomonidan qutqarib qolingan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing