YPX xodimi cho‘kayotgan fuqaroni qutqarib qoldi (video)
3-sahifa
−
16 iyul 2025 11071 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l-patrul xizmati inspektori cho‘kayotgan fuqaroni qutqarib qolgani aytilgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, holat bugun, 16 iyul kuni Qashqadaryo viloyatida yuz bergan. Soat 16:20 da Qarshi tumani hududidan o‘tuvchi magistral bosh kanalning oldida xizmat olib borayotgan YPX xodimi Nodir Mirzayev kanalda cho‘kayotgan fuqaroni ko‘rib qolgan va zudlik bilan ortidan o‘zini suvga tashlagan. Ko‘rilgan choralar natijasida fuqaro qutqarib qolinib, unga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan va shifoxonaga olib ketilgan. Hozirda uning holati yaxshi.
Voqeaga guvoh bo‘lgan fuqaro Ma’ruf Choriyev ham o‘zini suvga tashlab, cho‘kayotgan fuqaroni suvdan chiqarishga yordam bergan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 may kuni Toshkentning Bo‘rijar kanaliga ikki qiz tushib ketgani va ularni qutqarishga kanalga tushgan 43 yoshli Abdumannop Samiqov cho‘kib ketgandi va halok bo‘lgandi. Ushbu marhum fuqaro va qizaloqlarni qutqarishda jonbozlik ko‘rsatgan “Bo‘rijar” sport majmuasi ishchisi Nurmuhammad Mamasaliyev “Jasorat” medali bilan mukofotlandi.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr