YPX inspektorlarini urib ketgan haydovchiga nisbatan jinoiy ish ochildi
Jamiyat
−
24 yanvar 2020
3850Avvalroq, Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida haydovchi xizmat olib borayotgan YPX inspektorlarini urib yuborib voqea joyidan yashiringani haqida xabar bergan edik.
Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi mazkur holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi va haydovchiga nisbatan jinoyat ishi ochilganini ma’lum qildi.
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasi tomonidan 18 yanvar kuni Sh.Dillayev tuman hududida o‘z xizmat vazifasini olib borayotgan YPX inspektorlarining to‘xtash to‘g‘risidagi qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan boshqaruvidagi transport vositasi bilan xodimlarni qasddan urib yuborib voqea joyidan yashiringan holat yuzasidan 22 yanvar kuni fuqaro Dillayevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Unga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish qo‘llanilgan.
LiveBarchasi