YouTube COVID-19 tufayli videolar sifatini pasaytiradi
Texnologiya
−
25 mart 2020
8990Google'ning YouTube video xizmati COVID-19 pandemiyasi paytida video sifat parametrlarini pasaytiradi. Ta’kidlanishicha, ushbu chora trafik yukini kamaytirish maqsadida amalga oshirilmoqda. Bu haqda kecha, 24 mart kuni "Bloomberg" agentligi xabar qildi.
Video fayllar hajmi tufayli musiqa va xabar almashish kabi boshqa kontentlarga qaraganda ko‘proq internet tezligini talab qiladi. "Sendvine" tadqiqotlariga ko‘ra, o‘tgan yili Google internetdagi trafik hajmining eng katta iste’molchisi bo‘lgan.
"So‘nggi paytlarda karantin choralari tufayli YouTube’ning trafik yuki yanada oshishi kutilmoqda" deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, dunyoning 1 milliard aholisi vaqtni uyda, karantinda o‘tkazmoqda. Yaqinda bu hisobga 1.3 milliardlik Hindiston aholisi qo‘shilishi kutilmoqda.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15