YouTube bir nechta yirik kanallarni blokladi

Olam

image

YouTube Belarusdagi uchta yirik davlat OAV kanallarini o‘chirib tashladi. Gap BelTA axborot agentligi hamda STV va ONT telekanallari haqida bormoqda.

Belarus Axborot vazirligi bu holatni “asossiz va do‘stona bo‘lmagan qadam” deb baholab, javob choralarini ko‘rishini ma’lum qilgan. Ularning aytishicha, kanallar platforma tomonidan sanksiyalar sabab o‘chirilgan. Biroq Belarus tomoni BelTA va STV sanksiya ro‘yxatida emasligini ta’kidlamoqda.

ONT esa YouTube bu qaror bo‘yicha hech qanday qo‘shimcha izoh bermaganini bildirgan. Shuningdek, ular platformada soxta akkauntlar paydo bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirib, ularga ishonmaslikka chaqirgan.

Belarus va Rossiya jurnalistlar uyushmalari YouTube harakatlarini keskin tanqid qilib, buni “siyosiy motivli senzura” va “axborot maydonidagi bosim” deb atagan. Hozircha YouTube rasmiy izoh bermagan va kanallar hali ham mavjud emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq YouTube videoxostingi 2021 yilda AQSH Prezidenti Donald Trampning hisobini vaqtincha bloklash bilan bog‘liq sud da’vosini hal qilish uchun 24,5 million dollar to‘lashga rozi bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Belarus' YouTube

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing