Tramp Bayden, Putin, Szinpin va Kim Chen Inning aqliy salohiyatini taqqosladi
Olam
−
13 Oktabr 2020
15799Avval xabar berganimizdek, kecha, 12 oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Florida shtatida saylovoldi mitingda chiqish qildi.
Miting davomida u AQSH prezidentligiga nomzod Jozef Bayden, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Xitoy rahbari Si Szinpin va Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning aqliy qobiliyatini taqqoslagan.
Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreya rahbarlari haqida gapirar ekan, Tramp "ular 100 foiz o‘tkir aqlga ega ekanligini" ta’kidlagan.
"Uning aqli esa 100 foiz ham, 80 foiz ham, 60 foiz ham emas", deya Baydenning intellektual salohiyati haqida xulosa qilgan Tramp.
Shuningdek, Tramp Baydenning ko‘p narsalarni esidan chiqarib qo‘yishi, xotirasi chatoqligi haqida gapirgan.
Eslatib o‘tamiz, prezidentlikka nomzodlar saylovoldi o‘tkazilgan birinchi debat jarayonida ham bir-birlarini turli haqoratli so‘zlar bilan "siylashgan" edi.
Ma’lumot uchun, AQSHda prezidentlik saylovi joriy yilning 3 noyabr kuni o‘tkaziladi.
LiveBarchasi
26 noyabr